Toshkentdagi eng serqatnov yo‘l 40 kunga yopiladi

Toshkentdagi eng serqatnov yo‘l 40 kunga yopiladi

Toshkent shahrida haydovchilar eng ko‘p foydalanadigan yo‘llardan birida harakat vaqtincha cheklanadi. Magistral issiqlik quvurini yangilash ishlari munosabati bilan poytaxtning Kichik halqa yo‘lining bir qismi 40 kun davomida transport harakati uchun qisman yopiladi.

Yakkasaroy tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlari 25 iyul kuni soat 00:00 dan boshlanadi. Loyiha «Veolia Energy Tashkent» XK MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, ta’mirlash jarayonida Yakkasaroy tumanida joylashgan, diametri 530 millimetr, umumiy uzunligi 1 540 metr bo‘lgan magistral issiqlik quvuri to‘liq yangilanadi. Mutaxassislar ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish orqali issiqlik ta’minoti tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, qurilish va montaj ishlarini xavfsiz hamda belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirish uchun 40 kun davomida Kichik halqa yo‘lidagi ikki harakatlanish yo‘lagida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Yakkasaroydagi KXAY ko‘chasi issiqlik tarmoqlari xaritasi va ta'mirlash loyihasi sxemasi.

Mas’ullar haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni inobatga olgan holda safarlarini oldindan rejalashtirishni, imkoni boricha aylanma va muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar