1 maydan O‘zbekistonda yangi telekanal o‘z faoliyatini boshladi. Avvalroq test rejimida namoyish etilayotgan «Caravan TV» o‘zining to‘liq dasturlarini efirga uzatmoqda, deb xabar bermoqda “Darakchi” nashri.
Telekanal ko‘rsatuvlari butun respublika bo‘ylab rus va o‘zbek tillarida namoyish etiladi.
Telekanal ijodkorlarining ma’lum qilishlaricha, ayni damda 10 dan ortiq loyihalar tayyorlangan bo‘lib, ular O‘zbekistonning va dunyoning turli mamlakatlari turistik salohiyatini o‘z ichiga oladi. Telekanalni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirishdan iborat.
Loyihalar orasida “San’at va sayohat”, “Cover version battle”, “Caravan music”, “Sayohatdan so‘ng”, “Super 5”, “Govoryat” hamda “Tansы na belom” ko‘rsatuvlari mavjud.
Telekanalning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuida o‘tkaziladigan ikki kunlik xalqaro ilmiy-madaniy kongress doirasida o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi