
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "2017-2021 yillar uchun Gidroenergetikani rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi. Bu haqida Prezidentning matbuot xizmatida xabar berildi.
Farmonda respublikadagi gidroenergetika sohasining rivojidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi, xususan:
- ekologik sof qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng qo‘llash hisobiga elektroenergiya sohasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini izchil yaratish va mavjudlarini modernizasiya qilish;
- yirik, o‘rta, kichik va mikro-gidroelektr stansiyalarini loyihalashtirish va qurish sohasida zamonaviy hamda har tomonlama asosli ilmiy-texnik qarorlarni joriy qilish hamda shu asosda respublikadagi energetika balansi tuzilmasidagi gidroenergetik quvvatlar ulushini oshirish;
- respublika suv salohiyatini asrab-avaylashni rag‘batlantirishni ta’minlash, gidrotexnik inshootlarni qurish davomida mavjud flora va faunani saqlab qolish, shuningdek suv resurslarini samarali boshqarish;
- transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha majburiyatlar va ratifikasiyalangan xalqaro kelishuvlarga rioya qilish.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda Gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 42 yangi GES qurish va 32 mavjud GESni modernizasiya qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar