22:24 / 04.05.2017
5 637

Toshkentda «o‘zbek–nemis innovasion muloqoti» bo‘lib o‘tadi

Toshkentda «o‘zbek–nemis innovasion muloqoti» bo‘lib o‘tadi
2017 yil 10-12 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadigan X Respublika innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida III Toshkent xalqaro innovasion forumi bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy vazifasi – dunyoda innovasiya tizimlarining rivojlanish tendensiyalari, innovasiya faoliyatining rivojlanish holati, muammolari va istiqbollarini tahlil qilish, milliy innovasiya tizimini shakllantirishda turli omillarning o‘rnini aniqlash, innovasion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilish hamda dunyoda O‘zbekistonni innovasion faolligi yuqori bo‘lgan hududga aylantirishdan iborat.

Bu yilgi Forum, asosan, O‘zbekiston-Germaniya davlatlarining innovasiyalar sohasidagi hamkorliklari istiqbollariga bag‘ishlangan bo‘lib, «O‘zbek–Nemis innovasion muloqoti – bilimlarga asoslangan jamiyat qurish kelajagi» deb nomlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Anjumanda ilmiy va innovasion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, korxonalar boshqaruvida innovasion yondashuvlar, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi hamda ilm-fan sohasida yuqori saviyadagi kadrlar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or davlatlar, xususan Germaniya tajribasi, o‘zbek olimlarining evropa ilmiy tashkilotlari bilan kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik olib borish yo‘llari kabi masalalar muhokama etiladi.

Shuningdek, Forum doirasida O‘zbekiston-Rossiya va O‘zbekiston-Xitoy davlatlari o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasida loyihalar shakllantirish yuzasidan “Xalqaro ilmiy-texnikaviy loyihalarda ishtirok etishning talab va qoidalari” deb nomlangan seminar va dunyodagi etakchi xalqaro ilmiy-texnika axboroti bilan ta’minlovchi Web of Science, Springer, EBSCO kabi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish” mavzusidagi taqdimotlar tashkil etiladi.

Forum ishida Germaniya, Bolgariya, Rossiya Federasiyasi, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qozog‘iston, shuningdek, BMT, YuNESKO, Jahon banki, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi ofisi, Erasmus+ Milliy ofisining etakchi olimlari, mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishadi.

Tadbir yakunida Forumning tavsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha “Innovasilar taraqqiyot yo‘li” deb nomlangan davra suhbati o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda «o‘zbek–nemis innovasion muloqoti» bo‘lib o‘tadi