
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov xizmat vaqtida spirtli ichimlik iste’mol qilayotgan va fuqarolarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgan ichki ishlar xodimlarini tanqid qildi.
“Sof.uz” nashrining yozishicha, Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘tgan katta yig‘ilishda kasbiga noloyiq ichki ishlar xodimlari xususida videorolik ham namoyish etilgan.
“Bu xizmat kiyimi sizlarga hududingizda o‘zingizni ko‘z-ko‘z qilish, fuqarolarga qo‘pol muomala qilish uchun berilmayapti. Sizlar hududda osoyishtalikni ta’minlashga, fuqarolar haq-huquqini himoya qilishga, jinoyatlarning oldini olishga birinchi galda javobgarsiz”, degan vazir A.Azizov.
Yig‘ilishda vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga qonuniy chora ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar