21:58 / 10.05.2017
6 468

Telekommunikasiyalar sohasida lisenziya olish osonlashadi

Telekommunikasiyalar sohasida lisenziya olish osonlashadi
O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Telekommunikasiyalar sohasida lisenziyalash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi, deb xabar qiladi Kun.uz.

Undan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlarni barpo etish, tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda aniqlangan «yagona darcha» tamoyili asosida samarali davlat xizmatlarini ko‘rsatishga g‘ov bo‘layotgan muammoli masalalarni hal etish, ma’muriy buyruqbozlik to‘siqlariga barham berish, sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, telekommunikasiyalar sohasida lisenziyalash jarayonini takomillashtirishdir.

Unda telekommunikasiyalar sohasida lisenziya olish uchun talabgordan talab qilinadigan hujjatlar to‘plamidan quyidagilarni chiqarib tashlash belgilangan:

O‘zbekiston Respblikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat o‘t o‘chirish xizmatining yong‘in xavfsizligi me’yorlariga muvofiqligi xususida xulosa;

Davlat sanitariya nazoratini o‘tkazuvchi organlarning sanitar qoidalar va me’yorlarga mos kelishi to‘g‘risidagi xulosasi;

Oliy ma’lumot haqidagi diplom nusxasi va telekommunikasiyalar tarmog‘ini loyihalash va qurish bo‘yicha mutaxassislarning mehnat daftarchalaridan nusxa.

Bundan tashqari, hujjat loyihasida shunday tartib o‘rnatish rejalashtirilganki, unga muvofiq, 2017 yil 1 iyulidan boshlab o‘z tarmog‘ini tashkil etish huquqiga ega bo‘lmagan ma’lumotlar tarqatish tarmog‘i provayderi xizmatini ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash faqat tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar va O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, 2018 yil 1 yanvaridan boshlab, o‘z tarmog‘ini tashkil etish huquqiga ega bo‘lmagan ma’lumotlar tarqatish tarmog‘i provayderi xizmatini ko‘rsatish faoliyati uchun lisenziya elektron hujjat shaklida taqdim etiladi va Yagona portalning elektron hujjatlar Repozitoriyasida saqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Telekommunikasiyalar sohasida lisenziya olish osonlashadi