10:02 / 11.05.2017
6 901

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarini qabul qildi (video)

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarini qabul qildi (video)
Joriy yilning 10-12 may kunlari BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi delegasiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik, deb yozadi Qalampir.uz.

10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashgan edi.

Shuningdek, Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi qator vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov bilan uchrashuvda BMT va O‘zbekiston o‘rtasida teng huquqlilikka asoslangan hamkorlikka 2017 yil 2 martda 25 yil to‘lgani o‘ziga xos tarixiy sana ekani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.G‘oziev, adliya vaziri M.Ikromov, Bosh prokuror I.Abdullaev, ichki ishlar vaziri A.Azizov bilan uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, hurmatli mehmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Prezident bilan uchrashuv chog‘ida Zayd Raad al-Husayn BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining tarixda ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurganini ta’kidlab o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarini qabul qildi (video)