Dam olish kunlari havo qanday bo‘ladi? O‘zgidrometdan muhim ogohlantirish

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati yanada ko‘tarilib, ayrim hududlarda kuchli jazirama saqlanib qoladi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, respublika bo‘ylab asosan quruq va kam bulutli ob-havo hukm suradi.
«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, faqat tog‘li hududlarda, shuningdek, 12 iyul kuni Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Kunduzi havo harorati aksariyat hududlarda 37–40 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoliy, janubiy va cho‘l mintaqalarida esa havo 41–43 darajagacha qizishi kutilmoqda. Kechasi esa harorat 22–27 daraja oralig‘ida bo‘ladi.
11–12 iyul kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Bu esa ayrim hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.
Mutaxassislar Toshkent viloyati, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari xavfi borligidan ham ogohlantirdi.
Poytaxtda ham havo asosan ochiq bo‘ladi. Kunduzi harorat 38–40 daraja, tungi vaqtda esa 23–25 daraja atrofida saqlanadi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, iyul oyining ikkinchi yarmi ham odatdagidan ancha issiq kechadi. Oy oxiriga qadar havo harorati 38–43 daraja, ayrim shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa 45 darajagacha yetishi mumkin. Shu bois aholiga kunning eng issiq soatlarida ehtiyot choralariga amal qilish tavsiya etilmoqda.






























Izohlar 0
…