Pasport yo‘qotganlar uchun katta yengillik: jarima bekor qilinadi

O‘zbekistonda pasport yoki ID-kartani yo‘qotgan fuqarolar uchun muhim yengillik kutilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, bunday holatda fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinib, yangi hujjat rasmiylashtirishda faqat qo‘shimcha davlat boji undirilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi tartib pasport, ID-karta hamda xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan holatlarga tatbiq etilishi mumkin.
Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi 2026 yil oktabrigacha tegishli hujjatlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.
Hozirda esa ID-karta yoki biometrik pasportni yo‘qotganlik uchun fuqarolarga BHMning 0,5 baravaridan 3 baravarigacha jarima qo‘llanadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…