07:01 / 17.05.2017
8 457

Prezident va birinchi xonimning Xitoy safaridan norasmiy suratlar

Prezident va birinchi xonimning Xitoy safaridan norasmiy suratlar
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda prezidentning rafiqasi, mamlakat birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva 11-15 may kunlari davomida Xitoy poytaxtida bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Prezident Xitoy rahbari Si Jinpingning taklifiga binoan 11-13 may kunlari ushbu davlatda davlat tashrifini amalga oshirdi, 14-15 may kunlari esa Pekinda 29 davlat rahbarlari qatorida «Bir makon, bir yo‘l» iqtisodiy forumida qatnashdi.

Quyida Shavkat Mirziyoyevning forum doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamda Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambaev bilan uchrashuvlari fotosuratlari keltirilgan.




Forum o‘tayotgan vaqtda ishtirokchi davlatlarning turmush o‘rtoqlari mezbon davlatning birinchi xonimi Pen Liyuan taklifi bilan Pekinda joylashgan dunyodagi eng katta saroy kompleksi — Yopiq shaharda bo‘lishdi. Mehmonlarga saroy-muzey tarixi haqida hikoya qilindi, ular qadimiy osori-atiqlarni ko‘zdan kechirishdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident va birinchi xonimning Xitoy safaridan norasmiy suratlar