Yagona portalning ikki yilligi arafasida rekord qayd etildi

Yagona portalning ikki yilligi arafasida rekord qayd etildi
Yagona portalning ikki yilligi arafasida rekord qayd etildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz tashkil etilganining ikki yilligi arafasida rekord qayd etildi – arizalar soni chorak million (250 ming) ga yetdi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yil 1 iyul kuni ish boshlagan va bugun, 2015 yil 1 iyul kuni ushbu sanaga ikki yil to‘ldi.

Yagona portalning asosiy elementlaridan biri «Statistika» moduli bo‘lib, u foydalanuvchilarning ariza va murojaatlari davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi holati haqida yangilanuvchi ma’lumotni taqdim etadi. Bu davlat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar