
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 2017 yil 21 may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 19—20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar