20:04 / 01.06.2017
7 838

Shavkat Mirziyoyev o‘z planshetida nimani ko‘rib boradi?

Shavkat Mirziyoyev o‘z planshetida nimani ko‘rib boradi?
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov sharhlovchi Baxtiyor Nasimovga qayd etishicha, O‘zbekistonda hukumat shaffofligidagi yaxshi tomonga keskin o‘zgarishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining joriy etilishi bilan erishildi.

Vazirlik rahbarining ma’lum qilishicha, Shavkat Miromonovich tomonidan aholining to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga murojaat qilishi tizimini ishlab chiqish topshirig‘i berildi va qisqa muddatda kuchli tizim joriy etildi. Davlat rahbariga arizalar, shikoyatlar va takliflarni uch xil usulda: (0 800) 210-0000 telefon raqamiga yoki «1000» qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalariga tashrif buyurish yoki https://pm.gov.uz saytida murojaat yuborish orqali yo‘llash mumkin.

Virtual qabulxona sayti maksimal darajada sodda qilib ishlangan: elektron imzo identifikasiyasi talab qilinmaydi. Bitta sahifa, bitta sayt, bitta telefon. Samarali oddiylik va qulaylik hatto pensioner kishining ham murojaat qila olishiga imkon beradi. Har bir ariza beruvchi o‘z arizasi qanday borayotganini kuzatib borishi, OAV va ijtimoiy tarmoqlar esa dolzarb muammolardan xabardor bo‘lib turishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning planshetida bugungi kunda Virtual qabulxona bo‘yicha hamma narsani ko‘rish mumkin: barcha statistikani ham, qaysi vazirlik murojaatlarni ko‘rib chiqishni kechiktirayotganini ham. Prokuraturaga fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati o‘tkazib yuborilayotgani ustidan nazoratni o‘rnatish buyurilgan.

Siyosiy iroda, qattiq nazorat va «sehrli turtki». Odamlar shuni tushundiki, ularning fikrlarini tinglashyapti, bularning barchasi vaqtinchalik kampaniya emas, balki xalq bilan doimiy muloqot. Jamoatchilikning oliy rahbariyat bilan bevosita muloqoti yo‘lga qo‘yilgan bir paytda mahalliy amaldorlar mahalliy muammolarni ortiqcha qog‘ozbozliksiz hal qilishga ko‘proq e’tibor berishga majbur bo‘lmoqda.
Ko‘p narsalar ijrochidan qahramonona kuch talab qilmaydi. O‘zining xizmat vazifasi bilan bog‘liq bevosita majburiyatlarini bajarish kifoya.

Prezident Shavkat Miromonovich hududlarga borib, o‘sha viloyatga 30—40 ta murojaatni saralab olib kelardilar. Shu bilan birga, murojaatda ko‘rsatilgan muammoni echish uchun hatto viloyat emas, tuman darajasidagi rahbarning aralashuvi kifoya qilardi. «Nima uchun hatto mana shunday oddiy masalani hal qilish uchun Prezidentning aralashuvi talab etiladi?» — deya haqqoniy savol beradi mamlakat rahbari.

Rahbarlarning muayyan bir guruhiga ular o‘zlari mas’ul etib tayinlangan ishni bajarishi uchun yuqorida turgan rahbardan «sehrli turtki» kerak. «Qo‘lda boshqarish» boshqaruv tuzilmalarida chuqur ildiz otgan, deydi Sh. Shermatov.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev o‘z planshetida nimani ko‘rib boradi?