Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda davlat rahbari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, xizmatlar ko‘rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarishda tadbirkorlarning o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Unga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi turmush farovonligini oshirayotgan, iqtisodiyot lokomotivi bo‘lgan tadbirkorlarni hurmat-izzatini joyiga qo‘yishi lozim.
Prezident jumladan shunday degan:
“Tadbirkorni “siz” demagan prokurorni o‘z ishiga noloyiq deb bilaman. Har haftada viloyat, tuman va shahar prokurorlari tadbirkorlar bilan uchrashib, ular dardini tinglasin. Ular faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal qilish choralarini ko‘rsin. Negaki, bittagina ish o‘rnini yaratgan tadbirkor jamiyat uchun kerakli odamdir”.
Bundan tashqari, prokurorlar ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishiga ham javobgardirlar.
Avvalroq, Andijon viloyati faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari viloyatning Xonobod shahrini yana rivojlantirish yuzasidan hukumat qarori qabul qilinishi lozimligi haqida gapirgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi