Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ko‘p yillardan beri rahbarlik qilib kelayotgan F.Mullajonov 23 may kuni to‘satdan vafot etgach, ushbu lavozim vakantligicha qolib kelayotgan edi.
6 iyundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yangi rais — Mamarizo Nurmurodov ish boshladi. So‘nggi 11 yil davomida Markaziy bank raisining maslahatchisi bo‘lib ishlagan senator Mamarizo Nurmurodovni bank boshqaruvi raisligiga tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev taklifi Senat tomonidan ma’qullandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Bank-moliya sohasida faoliyat yurituvchi kishilarning aytishicha, Nurmurodov yaxshi inson, eski va o‘rta avlodga mansub moliyachi. Bankir va iqtisodchilar uni bankir emas, ustoz, deb biladi. Chunki Nurmurodovning katta hayotdagi katta qadamlari mustaqillik boshida endigina tashkil etilgan Moliya institutidan boshlangan.
Hali respublikada bozorga asoslangan iqtisodiyot ilmi bo‘lmagan bir davrda Moliya institutida butun bir maktabni yaratgan. Keyinchalik, balki uning nazariy va akademik bilimlari hisobga olinib, avval Markaziy bankning ilmiy tadqiqotlar markaziga ishga olingan, keyin ancha yillar Markaziy bank boshqaruvida bo‘lgan.
Ko‘pchilik eslay olmasa kerak, 1993 yilda so‘m-kuponning muomalaga kiritilishi, 1994 yilda milliy valyuta — so‘mning joriy etilishiga bosh bo‘lgan islohotchilardan biri aynan Nurmurodov edi. Keyin yillar o‘tib Moliya vaziri bo‘lgan davrda uning boshchiligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan ma’lumu mashhur Memorandum tayyorlangan va so‘mning tarixda ilk marta erkin konvertasiyalanishi yuz bergan.
U yaqindagina tashkil etilgan import tarkibini inventarizasiyalash bo‘yicha komissiyaga (xalq tilida konvertasiyaga tayyorgarlik vazirligi) bejizga rahbar etib tayinlanmadi. Chunki barcha davrlarda, balki uning kuchli nazariyotchi ekani, qaror qabul qilish bozor mafkurasiga tayanishi hisobga olinib, eng og‘ir, eng «nomunosib» uchastkalarga mas’ul qilishgan.
Shu paytgacha Nurmurodov o‘ziga yuklangan barcha vazifalarning hammasini uddalab kelgan, bunisini ham a’lo darajada uddalaydi, deb ishonch bilan aytish mumkin. Bank sohasida esa tub islohotlar, og‘ir, lekin zaruriy islohotlar o‘tkazilishi mumkin.
Mamarizo Nurmurodov shu kunga qadar Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, 2004–2006 yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?