O‘zbekiston Afg‘oniston hududida qator infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ular orasida temir va avtomobil yo‘llari, shuningdek, yuqori voltli elektr o‘tkazish liniyalarini qurish bor. Bu Qonunchilik aktlarini muhokama qilish portaliga muhokama uchun qo‘yilgan - yuk tashish uchun tashqi savdo yo‘nalishlari diversifikasiyasi va ularni xalqaro infrastrukturaga integrasiya qilish bo‘yicha kompleks dasturida nazarda tutilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Taklif etilayotgan choralar doirasida Afg‘oniston hududida qator loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan: mamlakat shimoli-g‘arbida iqtisodiy yo‘lak yaratish, temir va avtomobil yo‘llari, shuningdek, “Mozori Sharif–Shibirg‘on–Maymana–Hirot” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori voltli elektr uzatish liniyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Milliy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular mahsulotining xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish uchun asosiy eksport yuklarini (paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari va boshqalar) temir yo‘l transporti orqali turli yo‘nalishlar bo‘yicha olib o‘tishda tarif preferensiyalarini olish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Hujjatda “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” temir yo‘li qurilishi loyihasi ham bor. Uni tashkil etish uchun uch tomonlama ishchi guruhining yig‘ilishini o‘tkazish kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi