12:00 / 10.06.2017
5 588

O‘zbekistonda 2,2 mlrd dollarlik 120dan ortiq to‘qimachilik loyihalari amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2,2 mlrd dollarlik 120dan ortiq to‘qimachilik loyihalari amalga oshiriladi
Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Toshkentning Wyndham mehmonxonasida (sobiq Dedeman) o‘zbek yengil sanoati mahsulotlarini EI mamlakatlariga eksport qilish masalalarini muhokama qilish maqsadida anjuman tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

“O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini EI mamlakatlariga eksport qilishga doir muhim masalalarni hal etish uchun” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi N.E. Ahmat Bashar Shon, O‘zbek va Turk tadbirkorlari assosiasiyasi rahbari Erjon Bulut, “O‘zbekyengilsanoat” AK raisi Ilhom Haydarov, EI delegasiyasi vakili Svetlin Sergeenkov hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan, turk sarmoyadorlari ishtirokida tashkil etilgan to‘qimachilik korxonalari rahbarlari, sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda so‘zga chiqqan “O‘zbekyengilsanoat” AK raisi Ilhom Haydarov joriy yil may oyida EI kengashi O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlarini import qilishga ruxsat bergani, Xalqaro Mehnat tashkiloti respublikada paxta etishtirish hamda uning hosilini yig‘ib olishda majburiy bolalar mehnati yo‘qligini e’tirof etgani haqida ma’lum qildi. Bu esa, mamlakatda to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va eksport bozorini kengaytirishga ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, uning qayd etishicha, bir vaqtlar o‘zbek to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari EIning to‘qimachilik bozorida yaxshi talabga ega bo‘lgan. Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin istiqbolda O‘zbekistonning ushbu sohasida qiymati 2,2 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 120dan ortiq loyihani amalga oshirish rejalashtirmoqda.

Anjumanda bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, EI bozoriga qaytadan chiqish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikrlar almashildi, muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 2,2 mlrd dollarlik 120dan ortiq to‘qimachilik loyihalari amalga oshiriladi