
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi vaqtida Samarqand viloyati hokimi Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘taev lavozimidan ozod etildi.
«Kun.uz» ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish vaqtida Samarqand viloyatida qator sohalarda, jumladan, moliya va soliq tizimidagi kamchiliklarni keltirib o‘tgan.
Qayd etish kerak, shu kunlarda prezident Samarqand viloyatida bo‘lib qaytgandi.
Ma’lumot uchun, Oqbo‘taev o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi. U viloyatining avvalgi hokimi Zoyir Mirzaev bosh vazir o‘rinbosari hamda respublika qishloq va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlangach, uning o‘rnida ish boshlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar