00:13 / 20.06.2017
6 679

Shavkat Mirziyoyev shu haftada vodiyga boradi

Shavkat Mirziyoyev shu haftada vodiyga boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 23 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga boradi.

«Kun.uz» manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezident shu paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Andijon viloyatlariga tashriflar uyushtirdi, u har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev shu haftada vodiyga boradi