O‘zbekiston aholisi 39,5 milliondan oshdi: Qaysi hududlarda aholi soni eng ko‘p?

O‘zbekiston aholisi 39,5 milliondan oshdi: Qaysi hududlarda aholi soni eng ko‘p?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026-yil 1-oktyabr holatiga ko'ra, O'zbekiston doimiy aholisi 39 million 535 ming 225 nafarga yetdi, bu o'tgan yilga nisbatan 1,8 foizga ko'paygan.
  • Aholi soni bo'yicha Samarqand viloyati 4 462 783 kishi bilan, Farg'ona viloyati esa 4 293 001 kishi bilan yetakchilikni saqlab qolmoqda.
  • O'zbekistonning yillik 1,8 foizlik barqaror o'sish sur'ati Markaziy Osiyodagi eng yirik va tez o'suvchi demografik salohiyatga ega mamlakat maqomini mustahkamlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni bo‘yicha yangilangan rasmiy demografik ko‘rsatkichlar e’lon qilindi. 2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizning doimiy aholisi soni (ro‘yxatga olish natijalarini hisobga olgan holda) 39 million 535 ming 225 nafarga yetdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda aholi soni bir yil ichida 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.

Hududlar bo‘yicha taqsimot: Kim peshqadam?

Aholining joylashuvi va zichligi bo‘yicha respublika hududlari orasida an’anaviy tarzda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari yetakchilikni saqlab qolmoqda.

2026 yil 1 oktyabr holatiga hududlar kesimidagi to‘liq ko‘rsatkichlar quyidagicha shakllandi:

  • Samarqand viloyati — 4 462 783 kishi;

  • Farg‘ona viloyati — 4 293 001 kishi;

  • Toshkent viloyati — 3 799 043 kishi;

  • Qashqadaryo viloyati — 3 746 228 kishi;

  • Andijon viloyati — 3 574 464 kishi;

  • Toshkent shahri — 3 278 512 kishi;

  • Namangan viloyati — 3 190 767 kishi;

  • Surxondaryo viloyati — 3 030 030 kishi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 166 044 kishi;

  • Xorazm viloyati — 2 162 068 kishi;

  • Buxoro viloyati — 2 125 129 kishi;

  • Jizzax viloyati — 1 545 176 kishi;

  • Navoiy viloyati — 1 196 559 kishi;

  • Sirdaryo viloyati — 965 421 kishi.

Demografik o‘sish sur’atlari nimani ko‘rsatmoqda?

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yurtimizning 8 ta hududida aholi soni 3 milliondan, shundan 2 ta yirik viloyatda esa 4 milliondan ortiqni tashkil qilmoqda.

Respublika bo‘yicha yillik 1,8 foizlik barqaror o‘sish sur’ati saqlanib qolayotgani O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng yirik va tez o‘suvchi demografik salohiyatga ega mamlakat maqomini yanada mustahkamlayotganini anglatadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar