
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 23 iyundagi bir qator qarorlariga muvofiq, vazirlar va qo‘mitalar raisi o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda prezidentning rasmiy sayti — president.uz’da ma’lumot berilmoqda.
Jumladan, PQ-3083-son qaroriga muvofiq Nazirov Nazirjon Tohirjonovich O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
PQ-3084-son qaroriga muvofiq Habibullaev Sherzod Habibullaxo‘jaevich O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga;
PQ-3085-son qaroriga muvofiq Hamzaev Abdushukur Xudoyqulovich O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga;
PQ-3086-son qaroriga muvofiq Qurbonov G‘olibjon Karimovich O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga;
PQ-3087-son qaroriga muvofiq Jamolov G‘ofir Orifjonovich O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
PQ-3088-son qaroriga muvofiq Haydarov Ahadbek Yahyobekovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning 2017 yil 24 iyundagi PQ-3089-son qaroriga muvofiq Qudratov Laziz Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar