
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida yosh rahbar kadrlar instituti ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Kamolot» YoIH qurultoyi vaqtida ma’lum qilgan.
Prezident Davlat boshqaruv akademiyasi faoliyatini tanqid qilgan.
Akademiya qoshida ochiladigan institutda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘ladi.
«Institutni bitirganlarni darhol hokim qilamiz», degan prezident.
Shuningdek, Qo‘qonda Toshkent san’at instituti filiali ochiladi.
Qurultoyda bundan buyon viloyat hokimlari va IIB boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari «Kamolot» YoIH o‘rnida yangi tashkil etilgan Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan tayinlanishi ma’lum qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar