
2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilingani va unda qo‘shimcha kontraktlarning oshirilgan miqdori tasdiqlangani haqida ma’lumot berilgan edi.
Yurist-bloger Xushnud Xudoyberdievning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida to‘lov-kontrakt asosida belgilangan kvotadan tashqari oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha ravishda qabul qilish bo‘yicha tartib ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga 4 ballgacha etmagan abiturientlar uchun quyidagicha miqdor belgilangan edi:
1 ballgacha etmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha etmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha etmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha etmaganlar uchun – 3,0 barobar.
Davlat komissiyasining tartibiga muvofiq, barcha ta’lim sohasi va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4 balldan ortiq ball etmagan, eng yuqori ballning 30 foiz (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlariga nazar tashlasak, eng qimmat to‘lov huquq yo‘nalishida ekanligini ko‘rish mumkin. Unga ko‘ra, yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha-kontraktda o‘qish istagini bildirganlar 1-o‘quv yili uchun 25 baravar miqdorida kontrakt to‘lashi lozim bo‘ladi. Bu bugungi kunda 246 mln. 250 ming so‘mni tashkil etmoqda.

















Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar