date

1 avgust kuni mobil operatorlari SMS, MMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chiradi

1 avgust kuni mobil operatorlari SMS, MMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chiradi

Xabaringiz bor, har yili 1 avgust kuni mobil operatorlar soat 8:30 dan 13:30 gacha SMS, MMS va GPRS xizmatlarini vaqtincha o‘chiradi, deb xabar bermoqda Xushnudbek.uz.

Joriy yilda ham bunday uzilishlar bo‘lishi haqida xabar berilmoqda. Xususan, “Beeline” kompaniyasi o‘z saytida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan yuqoridagi xizmatlar vaqtincha o‘chirilishi haqida xabar berdi.

“UMS” kompaniyasi esa abonentlariga SMS-xabar yuborgan holda, “ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan” yuqoridagi xizmatlardan foydalanib bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, “Perfectum” kompaniyasi ham o‘z saytida profilaktika ishlari olib borilishi tufayli 1 avgust kuni soat 8.00 dan 14.00 gacha SMS, WAP va Internet xizmatlari ishlamasligini ma’lum qilgan.

Hozircha, boshqa mobil aloqa operatorlari bu haqida xabar qilishmagan. Ta’kidlash joizki, ovozli suhbat xizmati hech qanday uzulishsiz ishlaydi.

Eslatib o‘taman, 1 avgust kuni oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi va test sinovlari vaqtida SMS, MMS va GPRS xizmatlari ishlamaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 avgust kuni mobil operatorlari SMS, MMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chiradi