14:09 / 04.07.2017
6 443

22 yoshli vazir o‘rinbosari bir kunda bajargan ishlari va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida so‘zlab berdi

22 yoshli vazir o‘rinbosari bir kunda bajargan ishlari va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida so‘zlab berdi
3 iyul kuni Xalqaro Press klubda yangi tuzilgan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi davlat tashkilotining faoliyatiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondoshuv mavzuida” sessiya bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Sessiya ishida kuni kecha Prezident tomonidan tayinlangan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullaev qatnashdi.

U o‘z so‘zini boshlar ekan Prezident tayinlagani uning uchun mutlaqo kutilmagan voqea bo‘lganligini va ko‘plab fikrlar va savollar kela boshlagani uchun o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini o‘chirib tashlaganini ma’lum qildi.

Alisher qatnashchilarga oldiga juda ko‘p maqsadlar qo‘yganligini so‘zlab berdi.

Alisher o‘z nutqida Prezidentning ishonchini oqlashini va nasib qilsa bir yil o‘tgach yana o‘ziga o‘xshagan ko‘plab yoshlarga mana shunday vazifalar topshirilishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilishini va kerak bo‘lsa 24 emas 25 soat ishlashini aytdi.

Sa’dullaev o‘zining vazirlikdagi ilk kuni faoliyati haqida yig‘ilganlarga quyidagilarni ma’lum qildi:

“Faoliyatimning ilk kuni xalq ta’limi tizimi 5 million bolani qamrab olganini, ulardan 4 millioni maktabgacha ta’lim muassasa bolalari qolgan bir millioni maktab o‘quvchilari ekanligini bildim va shu sababdan asosiy e’tiborni bog‘chalarga qaratish lozimligini tushunib etdim. Birinchi kunni o‘zida meni Toshkentdagi eng yaxshi ko‘rsatkichli va unchalik yaxshi bo‘lmagan ko‘rsatkichli maktabga olib borishlarini so‘radim, hamda ularning farqlarini aniqlab, ko‘rsatkichni ko‘tarish yuzasidan takliflar ishlab chiqmoqchiman”, — deya qayd etdi u.

Alisher yaqin 100 kunlik faoliyati bilan bog‘liq rejalari bilan o‘rtoqlasharkan, birinchi galda bolalar bog‘chalaridagi ahvolni o‘rganish, yangi tizimlarni tatbiq etish, sharoitlar bilan bevosita tanishish maqsadida viloyatlarga safar qilishni rejalashtirganini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 22 yoshli vazir o‘rinbosari bir kunda bajargan ishlari va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida so‘zlab berdi