17:21 / 05.07.2017
9 239

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida hafta oxirida Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.

«Kun.uz» manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Tashrif ko‘p ehtimol haftaning juma kunida amalga oshirilishi mumkin. Prezident tashrifi davomida Mingbuloq neft koniga borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezident shu paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Andijon va Farg‘ona viloyatlariga tashriflar uyushtirdi, u har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi