Termizda 3—3,5 magnitudali zilzila yuz berdi


2015 yil 10 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:05 da epitsentri Toshkentdan 560 kilometr janubda — Afg‘oniston hududida bo‘lgan 6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda «Toshkent» markaziy seysmostansiyasiga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.
Zilzila ta’siri O‘zbekiston hududida ham sezilgan: Toshkentda 2 ball, Andijonda 2 ball, Farg‘onada 2 ball, Shohimardonda 3 ball, Samarqandda 2 ball va Termizda 3—3,5 ball. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida er silkinishi ta’siri bilingani haqida ma’lumot yo‘q.
Qayd etilishicha, zilzila o‘chog‘i yerdan 243 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Er silkinishi epitsentri koordinatlari 36,65 daraja shimoliy kenglik, 70,46 daraja sharqiy uzunlik ekanligi aytilgan.































Izohlar 0
…