Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatida bo‘ldi.
Viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish chog‘ida Prezident hamma sohalar bo‘yicha rejalar aniq ekanini aytib o‘tgan.
“Ko‘p qilgan ishlarimiz o‘zimizniki. Lekin oldimizda katta rejalarimiz, niyatlarimiz turibdi, odamlarimizni umidlari turibdi. Hamma soha bo‘yicha rejalarimiz aniq, strategiyamiz bor. Biz kelishganimizdek, 5 yil qarsak chalmaymiz, 5 yil bir-birimizni maqtamaymiz. Faqat ishlaymiz, ishlaymiz, yana bir marta ishlaymiz. Odamlarimizga oddiy mehnatimiz bilan, halol mehnatimiz bilan, korrupsiyani yo‘q qilib, mana, prokuraturaga qancha masalalar qo‘ydik, ichki ishlar tizimini mutlaqo o‘zgartirayapmiz, mana, insof bersin – sudyalar bilan gaplashdik. Yoshlar bo‘yicha tarbiyamizga, diniy masalalar bo‘yicha, diniy oqimlar bo‘yicha birovga yoqadimi-yoqmaydimi, juda keskin-keskin savollar qo‘ydik. Yoshlar ittifoqini tuzdik. Yoshlarimizga hozirgi zamon talabiga munosib sharoit yaratib bermasak, ular bilan muloqot qilmasak, ularning dardini eshitmasak, ular bilan teng bo‘lmasak, oyog‘imiz erdan uzilsa, ular bizdan uzoqlashayapti. Bu yaxshilikka olib kelmaydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...