16:09 / 13.07.2017
6 193

Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida hukumat rahbari ishtirok etadi

Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida hukumat rahbari ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro Press-klub qisqa muddat davomida ko‘plab vazirliklar va idoralar, turli davlat tashkilotlari rahbarlari bilan bevosita sessiyalar tashkil etishga ulgurdi.

Endilikda, XPKning yaqin oradagi navbatdagi sessiyalaridan birida bevosita hukumat rahbari va o‘rinbosarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Xalqaro Press-klubning Savdo-sanoat palatasi ishtirokida 12 iyulda bo‘lib o‘tgan sessiyasida moderator Sherzodxon Qudratxo‘jaev O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisi Abdulla Oripov va o‘rinbosarlarini navbatdagi sessiyalardan biriga taklif etdi.

Shunga ko‘ra, taklif qabul qilinsa, XPK sessiyalaridan biri Bosh Vazir va o‘rinbosarlari qatnashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida hukumat rahbari ishtirok etadi