Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i odamlari bag‘rikeng, samimiy, mehnatkash. Yoshlari iste’dodli. Afifa ismli uch yoshli qizaloqning noyob iste’dodi haqidagi gaplar viloyat markazigacha etib borgan, deb yozadi Daryo nashri.
– Endi tili chiqa boshlagandayoq qizimning xotirasi kuchli ekanini payqagandim, – deydi onasi Mahliyo Qo‘shoqova. – Qanday ertak o‘qib bermaylik, butun matnni bolalarga xos tilda qayta hikoya qila olardi. Bir kuni buvisi davlatlar nomi, ularning poytaxtlari haqida gapirib berdi. Qizim barchani lol qoldirib, xuddi o‘sha tartibda birma-bir qaytardi. Keyin globusdan mamlakatlar joylashuvini tushuntirdi. Afifa hech qiynalmasdan o‘sha davlat va uning poytaxtini ko‘rsatar va nomini aytardi.
Qiziqishimiz ortib, biz ham qit’a va davlatlar nomini ataylab chalkashtirib aytdik. U hech adashmay «er shari»dan o‘sha qit’a yoki davlatni topdi va poytaxti falon shahar deb, jajji barmoqlari bilan ko‘rsatdi. Umuman, dunyo xaritasidan 183 davlatni hech qanday xatosiz ko‘rsatib berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi