Hisoblash matematikasi va differensial tenglamalar sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Boris Anisimovich Bondarenko 93 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, bosh vazir Abdulla Aripov va hukumatning boshqa vakillari akademik o‘limi munosabati bilan ta’ziya bildirgan.
«B.Bondarenko 1923 yil 12 oktyabrda Rossiya Federasiyasining Boshqirdiston Respublikasi Davlekanovo shahrida tug‘ildi. 1953 yili O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) matematika mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. Dastlab nomzodlik, keyinchalik doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.
Iste’dodli olim qariyb 70 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kafedrasi mudiri, Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta ilmiy xodimi, ilmiy kotibi, Kibernetika instituti laboratoriya mudiri, etakchi ilmiy xodimi, direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qildi va mamalakatimizda matematika sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi.
Zahmatkash olimning ilmiy ishlanma va tadqiqotlari matematik fizika, hisoblash matematikasi va kombinator tahlilida respublikamiz fanida keng qo‘llanib kelmoqda. Olim tomonidan yangi turdagi maxsus polinomlar va ularning maxsus funksiyalari yaratilgan. Ularning nazariyalari, hisoblash matematikasi va qattiq jismlar mexanikasi sohasidagi muhim masalalar echimlari ishlab chiqilgan.
Olimning chiziqli va yarimchiziqli differensial tenglamalar sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 500 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxshi ma’lum.
Jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlangan.
B.Bondarenkoning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni va “Jasorat” medali bilan mukofotlangan edi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Boris Bondarenkoning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», deyilgan O‘zA tomonidan keltirilgan ta’ziya matnida.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi