20:30 / 21.07.2017
7 367

“O‘zbekiston 24” kanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi

 “O‘zbekiston 24” kanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy teleradiokompaniya tarkibida Xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladigan va butun respublika bo‘ylab kun-u tun efirga uzatiladigan “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

MTRK tarkibida tashkil etilayotgan “O‘zbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi.

Yangi kanal dushanba 24 iyul soat 10:00 dan o‘z efirlarini uzata boshlaydi. Xuddi shu kuni “O‘zbekiston 24” radiokanali va www.Uzbekistan24 saytlari ham o‘z faoliyatini boshlaydi. Dastlab telekanal efirlari yozib olingan holda keyinchalik esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi radio va telekanal “Diyor” telekanali va “Toshkent” radiokanallarining chastotalarida efirga uzatiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining shtat birligi 251 kishidan iborat.

Kanal SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyasiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Mazkur kanallarning ishga tushirilishidan ko‘zda tutilgan maqsad aholiga xolis va ishonchli axborot etkazish, mamlakat mediahududini sifatli axborot-tahlil mahsuloti bilan boyitish, mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritish ekanligi bildirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zbekiston 24” kanali qachondan ish boshlashi ma’lum qilindi