13:29 / 24.07.2017
6 353

O‘zbekistonliklarning 89,7 foizi Mirziyoyevning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi

O‘zbekistonliklarning 89,7 foizi Mirziyoyevning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi
«Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti to‘g‘risida» mavzusida jamoatchilik fikri ekspress-so‘rovi o‘tkazildi. Jamoatchilik fikrining ekspress-so‘roviga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko‘pchiligi 2016 yil 4 dekabrda saylangan mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda mamlakat hayotining barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishlar yuz berganligiga qat’iy ishonadilar, deb yozadi Kun.uz nashri.

So‘rov ishtirokchilarining fikricha, davlat Rahbari barcha davlat hokimiyati organlarining muvofiqlashtirilgan holda samarali faoliyat yuritishini va hamjihatligini ta’minlamoqda, mamlakatda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rib, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga, xalqning farovonlik darajasini oshirishga qaratilgan rejalashtirilgan, samarali faoliyatni amalga oshirmoqda.

Ekspress-so‘rovning ko‘rsatishicha, o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi – 89,7% Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi, fuqarolar mamlakat Prezidenti rahbarligida keyingi paytlarda O‘zbekistonda mamlakatni modernizasiyalashga, davlat va jamiyat hayotini har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga, hayotning barcha sohalarini liberallashtirishga yo‘naltirilgan holda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga, aholi turmushining darajasi va sifatini hamda fuqarolarning farovonligini oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydilar.

1-rasm. Marhamat qilib aytingchi, 2016 yil 4 dekabrda davlat rahbari etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini Siz qanday baholaysiz? (so‘ralganlar sonidan %larda)

So‘rov jarayonida aniqlandiki, 18-20 yoshdagi yoshlarning mutlaq ko‘pchiligi mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlarga ijobiy yondashadilar hamda2016 yil 14 sentyabrda «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida» qabul qilingan Qonunning ijobiy ta’sirini qayd qiladilar. Ekspress-so‘rovda ishtirok etgan yoshlar shuni qayd etdilarki, ular keyingi vaqtlarda sifatli va hammabop ta’limni ta’minlash, yoshlarning ishga joylashuvi va bandligi uchun sharoitlar yaratish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yosh tadbirkorlar uchun munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalarida davlat va shaxsan Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilayotgan madadni his qilmoqdalar.

So‘rovning ko‘rsatishicha, davlat tashkilotlari va muassasalarida ishlovchi, turli kasblarga va malakaga ega fuqarolar, ayniqsa tadbirkorlik sohasida band bo‘lgan kishilar, fan va ta’lim sohalarining vakillari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydilar.

So‘rov jarayonida faoliyatning ushbu sohalarida band bo‘lgan fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi milliy o‘zlikni oshirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, fan va ma’rifatni rivojlantirish, fan va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish, ta’lim tizimini ravnaq toptirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda fanning rolini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, akademiklarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligini, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatining oshirilishini muhim va zamon talabidan kelib chiquvchi zarurat, degan fikrni bildirishdi.

Fuqarolar mamlakat Prezidentining jamiyat hayotining barcha sohalari kabi ilm-fan taraqqiyotini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tashabbusini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydilar, chunki ilm-fanning ishtirokisiz 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida jamiyat va mamlakat oldida turgan dolzarb masalalarni hal qilish mumkin emas.

Marhamat qilib aytingchi, 2016 yil 4 dekabrda davlat Rahbari etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatini Siz qanday baholaysiz? (so‘ralganlar sonidan %larda)

Ekspress-so‘rovning aniqlashicha, so‘rovning ko‘pchilik ishtirokchilari – 83,5%, mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuritayotgan siyosat aholining orzu-umidlariga mos keladi, degan nuqtai nazarni bildirdilar, ularning fikricha, davlat rahbari tomonidan mamlakat iqtisodiyotini, ijtimoiy sohani, tibbiyot sohasini, axborot-kommunikativ texnologiyalarini, sanoatni modernizasiyalash va investisiyalarni jalb qilish, sud-huquq tizimini, fermerlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar fuqarolarning orzu-niyatlari va umidlariga to‘la darajada mos keladi.

Fuqarolar shunga ishonadilarki, mamlakat Prezidenti rahbarligida o‘tkazilayotgan, fuqarolar uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashga, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatishga, Xalq qabulxonalarining faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlashga, iqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashga va iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o‘sishini saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosati, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar berilishi, tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatilishi fuqarolarning umidlarini oqlamoqda.

Marhamat qilib aytingchi, mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidanyuritilayotgan siyosat Sizning orzu-umidlaringizni qay darajada oqladi? (so‘ralganlar sonidan %larda)

2016 yil 24 sentyabrda davlat Rahbarining Virtual qabulxonasi ochildi, mamlakatning turli burchaklaridagi yuz minglab fuqarolar o‘zlarining etilgan muammolarini Virtual qabulxona orqali hal qilishga muvaffaq bo‘ldilar. O‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga o‘z dolzarb muammolarini hal qilishda yordam so‘rab 990 340 nafar kishi murojaat qildi, ularning salkam 935 160 ta murojaati ko‘rib chiqildi (pm.gov.uz saytining 2017 yil 19 iyuldagi ma’lumotlari bo‘yicha).

Ekspress-so‘rov jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning «xalq qabulxonalarini» ta’sis etish bo‘yicha tashabbusiga fuqarolarning munosabati aniqlandi. «Siz mamlakat Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning «xalq qabulxonalarini» ta’sis etish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaysizmi?», degan savolga so‘rov ishtirokchilarining ko‘pchiligi - 89,2 foizi, «ha, to‘la qo‘llab-quvvatlayman», deb javob berishdi.

Siz mamlakat Prezidenti «xalq qabulxonalarini» ta’sis etish bo‘yicha (so‘ralganlar sonidan %larda)

Ekspress-so‘rov jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bo‘lgan ishonch reytingi aniqlandi. Ekspress-so‘rovda olingan natijalarga muvofiq, umumxalq tomonidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘zbekistonliklarning yuksak hurmat-e’tibori va ishonchiga sazovor bo‘lmoqda, shak-shubhasiz, u mamlakatning davlat taqdiri va xalq farovonligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan etakchisi hisoblanadi.

Marhamat qilib aytingchi, Siz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qay darajada ishonasiz? (so‘ralganlar sonidan %larda)

Ekspress-so‘rovning ishonchli tarzda ko‘rsatishicha, davlat Rahbari o‘zbekistonliklarning mutlaq ustuvor ravishda qo‘llab-quvvatlashiga sazovordir, fuqarolar mamlakat Prezidentining so‘zlari va niyatlari samimiy ekanligiga, keyingi vaqtlarda uning rahbarligida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar aholi hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishiga ishonadilar: turli etnik guruhlarning vakillari, yoshlar, o‘rta va katta yoshdagi fuqarolar, erkaklar va ayollar, turli sohalarda band bo‘lgan va aholining barcha tabaqalarini ifodalovchi fuqarolar mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash va asrashga, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan davlat siyosatini yakdillik bilan ma’qullaydilar va to‘la qo‘llab-quvvatlaydilar.

Marhamat qilib aytingchi, Siz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qay darajada ishonasiz? (so‘ralganlar sonidan %larda)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklarning 89,7 foizi Mirziyoyevning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatini ijobiy baholaydi