Gidrometeorologiya xizmat markazining xabar berishicha, 25 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.
Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkentda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +38... +40, kechasi esa +22... +24 darajada bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +35... +40, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +37... +42, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kunduzi +39... +44, kechasi +23... +28 darajada bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +39... +44, kechasi +24... +29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +39... +44 daraja, kechasi esa +23... +28 darajaga ko‘tarilishi mumkin. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi