Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida yangiliklar joriy etiladi.
Universitet saytiga tayanib Kun.uz xabar qilishicha, test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abiturientning mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgani nazoratchilar tomonidan aniqlansa, o‘sha abiturientga dalolatnoma tuzilib, u test sinovlariga kiritilmasdan, chetlashtiriladi.
TATU qabul komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda barcha abiturientlar nomiga maxsus ogohlantirish xatlari tayyorlandi va ular DTM varaqasini olishga kelgan har bir abiturientga taqdim etiladi.
Bu yil TATUga 1600 nafar talaba qabul qilinadi. Universitetga kirish uchun 12 234 nafar abiturient hujjat topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi