
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashiga yangi rahbar tayinlandi. Namangan viloyat matbuot va axborot boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Anvar Ikramov ushbu lavozimga munosib ko‘rildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
O‘zbekiston Prezidentining 5 iyuldagi farmoni bilan Yoshlar ittifoqining Namangan shahar kengashi rahbari shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi jihatidan hokimning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Anvar Ikramov 1983 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2006 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001 yildan boshlab, bir necha yil turli lavozimlarda ishlagan.
Yig‘ilishda Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazzaqov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi raisi Ilyos Rahimovlar ishtirok etishdi va so‘zga chiqishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar