08:54 / 09.08.2017
5 686

Poytaxt ko‘chalardagi to‘siqlarni olib tashlash ishlari davom etadi

Poytaxt ko‘chalardagi to‘siqlarni olib tashlash ishlari davom etadi
2017 yil 8 avgust kuni Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, anjumanda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi vakillari sohada amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, tadbir davomida poytaxt ko‘chalari o‘rtasiga o‘rnatilgan ajratuvchi to‘siqlar olib tashlanishi ma’lum qilindi. Obodonlashtirish bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlar mashina va piyodalar harakatiga xalaqit beradi. Avtomobil haydovchisiga to‘siqlar go‘yoki, davomi yo‘q devordek tuyuladi.

Ma’lum bo‘lishicha, aynan shu masalada virtual qabulxonaga ko‘plab ariza va takliflar kelib tushgan.

"Fuqarolarning talablarini inobatga olgan holda, biz to‘siqlarni demontaj qilishda davom etamiz. Bu ishlar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hisobidan amalga oshiriladi", - dedi boshqarma rahbari o‘rinbosari.

Ma’lumot o‘rnida: ayni paytda yo‘l ajratuvchilar Mustaqillik shohko‘chasi hamda Navoiy ko‘chasidan olib tashlangan. Demontaj qilinuvchi to‘siqlar tegishli tashkilotlarga etkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Poytaxt ko‘chalardagi to‘siqlarni olib tashlash ishlari davom etadi