
Avval xabar berilganidek, "Xalq banki"ning Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtdagi Oloy, Yunusobod, Qo‘yliq bozorlarida bankomatlar o‘rnatib chiqildi.
Bank matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, ayni paytda mazkur qurilmalarga tegishli dasturlar o‘rnatilmoqda.
Aytish joizki, mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming so‘m echib olishi mumkin. Bankomatda 1 000 so‘m, 5 000 so‘m, 10 000 so‘mgacha bo‘lgan kupyuralar bo‘ladi.
Bankomatlar 14 avgust, dushanba kunidan ishlay boshlaydi.
Hozirda bankomatlar asosan bozor hududida joylashgani uchun ularning ish rejimi ham shunga moslashtirilgan. Kelajakda aholi gavjum joylarda shunday bankomatlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan va ular 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar