
“Tashkent City” xalqaro ish markazi qayerda bunyod bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari bilan chegaradosh hududda yangi ish shaharchasi tashkil etiladi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28 iyuldagi “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan.
Bu Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qarshisidagi katta maydondir. Bu erda “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda sobiq tashkilot binosi joylashgan. “Tashkent City”ning aniq chegara hududi shahar ma’muriyati tomonidan keyinroq tasdiqlanadi.
Hukumat Toshkent shahar hokimiyatiga sentyabr oyi oxiriga qadar “Tashkent City”ni joylashtirish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqishni buyurdi.
Ma’lumot uchun, bu loyihaning umumiy qiymati 1 milliard dollarni tashkil etadi. Shaharchaning dastlabki rejasiga ko‘ra, bu erda texnopark, bir necha biznes-markaz, savdo markazlari, restoranlar, madaniy markaz bunyod etiladi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar