date
views 8 238

Prezident Hisob palatasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinladi

Prezident Hisob palatasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinladi
Jamshid Xodjaev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 14 avgustda bu haqdagi tegishli farmonni imzolagan.

Unga muvofiq Jamshid Abduhakimovich Xodjaev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Hisob palatasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinladi