15:52 / 15.08.2017
8 661

Shavkat Mirziyoyev yangi institutga asos soldi

Shavkat Mirziyoyev yangi institutga asos soldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 avgust kuni davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash bo‘yicha institut tashkil etilishi to‘g‘risida qaror imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, institut faoliyati yoshlar muammolarini o‘rganish; shu sohada ilmiy, tahliliy tadqiqotlar olib borish; istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mazkur institutning muassislari hisoblanadi.

Institutda yosh kadrlar malakasini oshirish maqsadida alohida o‘quv kurslari ham tashkil etiladi. O‘quv kurslariga tinglovchilar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tavsiya etiladi. Nomzodlar 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi, oliy ma’lumotli va kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim. Ular suhbat va test orqali o‘qishga qabul qilinadilar.

Institut davlat boshqaruvi akademiyasi binosida joylashadi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yangi institutga asos soldi