Toshkent Fotosuratlar uyida 15 avgust kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma hamda uning portretini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov natijalariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Shavkat Mirziyoyevning shu yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, san’atshunoslar, musavvirlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Fotoko‘rgazmada Islom Karimovning hayoti va faoliyati sahifalarini aks ettirgan 39 ta saralangan fotosurat namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma ekspozisiyasidan joy olgan «Islom Karimov g‘allazorda», «Islom Karimov yoshlar davrasida», «Said Ahmad va Islom Karimov», «Islom Karimov san’atkorlar davrasida», «Islom Karimov harbiylar davrasida», «Islom Karimov va Vladimir Putin», «Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev» kabi saralangan suratlarda Birinchi Prezidentning sermazmun hayoti va faoliyati aks etgan.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etilgan bu ko‘rgazma 2017 yil 25 avgustga qadar davom etadi.
Ko‘rgazma doirasida Birinchi Prezidentimizning portretini yaratish maqsadida joriy yilning 31 iyuliga qadar o‘tkazilgan ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi Bahodir Jalolov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Zebiniso Sharipova va uchinchi o‘rin Maqsud Qosimovga nasib etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etgan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentyabr mamlakatda Islom Karimov xotirasi kuni deb e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...