O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.
Ushbu farmon asosida tashkil etilayotgan Mirzo Ulugbek Innovation Center – axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash innovasiyalar markazi ushbu haftada ishga tushadi.
Mirzo ulug‘bek nomidagi innovasiyalar markazining asosiy vazifasi – axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlarni hamda dastur ishlab iqaruvchilarni birlashtirishdir. Yangi markaz Respublika ichida eksterritorial prinsipda tashkil qilingan, ya’ni O‘zbekistonning istalgan hududida joylashgan IT-korxonalar innovasiyalar markazi rezidentiga aylanishi mumkin.
“Markazning rasmiy ishga tushish kuni etib 25 avgust belgilangan. Uning dastlabki ishlash muddati 10 yilga mo‘ljallangan. Keyinchalik uzaytirish imkoniyati bor. Markaz rezidentlariga katta imtiyozlar berilgan. Xususan, ular 2028 yilning 1 yanvariga qadar har qanday soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan”, — dedi Uzinfocom vakili.
Innovasiyalar markazi ishchilari maoshlari 2028 yilning 1 yanvariga qadar 7,5 foiz soliq solinadi, hamda byudjetdan tashqari pensiya fondiga 4,5 foiz soliq to‘lashadi.
Mirzo ulug‘bek nomidagi innovasiyalar markazini qo‘llab-quvvatlash uchun, bugungi kunda, davlat organlari, ilmiy va ma’rifiy muassalalar faoliyatini muvofiqlashtiradigan maxsus kengash ham tashkil qilingan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi