Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning KUN.UZ sayti muxbiri bilan suhbati e’lon qilinganidan so‘ng ba’zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalaga noxolis yondashish, intervyuning ayrim qismlarini konteksdan ajratib noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchramoqda, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro‘sini oshirish yo‘lidagi ishlarini davom ettiradi.
Ta’kidlanishicha, vazirlik qonunchilikda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so‘zsiz amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KUN.UZ tahririyati O‘zbekiston Xalq ta’lim vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqot o‘tkazgandi. Suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola bo‘yicha tomosha qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi