date
views 7 435

Maktablarda yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishiga aniqlik kiritildi

Maktablarda yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishiga aniqlik kiritildi
O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili odatdagi kabi 2 sentyabr, shanba kuni boshlanadi. Bu ma’lumotni Kun.uz muxbiriga Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tasdiqladi.

Shu tariqa, bungacha ayrim nashrlarda yangi o‘quv yili 4 sentyabr, dushanba kuni boshlanishi haqidagi xabarlar rasman inkor etildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili, 2016/2017 o‘quv yili 4 sentyabr, yakshanba kunidan boshlangandi. O‘shanda bunga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident qarori sabab bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Maktablarda yangi o‘quv yili qaysi kundan boshlanishiga aniqlik kiritildi