11:30 / 30.08.2017
6 952

Ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmaydi, davlat xizmati lavozimlari toifa, guruh va sinflarga bo‘linadi

Ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmaydi, davlat xizmati lavozimlari toifa, guruh va sinflarga bo‘linadi
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xizmati haqida»gi qonuni loyihasi joylashtirildi.

Ushbu qonunning vazifasi davlat xizmati tizimining faoliyat ko‘rsatish samaradorligini ta’minlash, davlat xizmatchilari statusini aniqlashtirib olish, davlat xizmatini qabul qilish, o‘tash va uni bas qilish bo‘yicha amaliy tizim shakllantirish, davlat xizmatchilarining professionalizmi va omilkorligini oshirish, ularning o‘zlariga yuklatilgan lavozim vazifalariga rioya qilish mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat.

Loyihada «davlat xizmati», «davlat xizmati lavozimi», «davlat organi», «davlat boshqaruv organlari», «joylardagi ijroiya hokimiyat organlari», «davlat xizmatchisi», «kvalifikatsion talablar», «davlat xizmati ishlari bo‘yicha vakolatli organ», «davlat organi personali boshqaruvi xizmati» kabi asosiy tushunchalar keltirilgan va ularga izoh berib o‘tilgan.

Davlat xizmati lavozimlarini mas’ullik va vakolat darajasiga ko‘ra A–G toifalarga va I–III guruhlarga, shuningdek, kvalifikatsion sinflarga bo‘lish taklif etilmoqda. Oliy sinf davlat xizmatchilariga Prezident tomonidan taqdim etiladi, 1–3-sinflar bosh vazir tomonidan, 4–6-sinflar — respublika organlari rahbarlari tomonidan. Ma’lum bir sinfga taalluqlilik darajasiga yetishgan davlat xizmatchilari mansabi uchun to‘lanadigan ish haqiga qo‘shimcha olish huquqiga ega bo‘lishadi.

Hujjatga ko‘ra, ilk marta davlat xizmatiga qabul qilinayotganlar o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va sidqidildan, halol bajarish yuzasidan qasamyod qabul qilishadi.

Davlat xizmatchilarning axloqiy xulq-atvoriga oid yagona prinsiplar, me’yorlar va qoidalarni o‘rnatish, ular tomonidan xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarilishi uchun sharoitlar hozirlash, davlat xizmatida korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklaring oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va joylardagi ijroiya hokimiyat organlari xodimlarining Axloq kodeksini tasdiqlaydi.

Qonun loyihasiga ko‘ra davlat xizmatiga teng kirish prinsipi o‘rnatiladi.

Davlat xizmatchilari uchun ikki dam olish kuniga ega bo‘lgan 5 kunlik ish haftasi joriy etish taklif etilmoqda. Agar davlat xizmati xarakteri va sharoitlariga ko‘ra besh kunlik ish haftasi joriy etishning iloji bo‘lmasa, ichki mehnat taqsimoti yoki boshqa mahalliy dalolatnomalar vositasida olti kunlik ish haftasi o‘rnatiladi. Normal ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmaydi, davlat xizmati lavozimlari toifa, guruh va sinflarga bo‘linadi