30 avgust kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi va tashkilotga yangi rahbar tayinlandi.
Kun.uz ma’lum qilishicha, Alisher Xo‘jayev O‘zMTRK raisligiga qaytarilgan.
U bir oyga yaqin vaqt davomida televideniyega rahbarlik qilgan, 29 avgust kuni lavozimdan olingan Bobur Alixonov o‘rnida ishni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Xo‘jayev 2005 yil aprelidan 2017 yil boshiga qadar O‘zMTRK rahbari bo‘lgan, shu yil boshida ishdan ketgan va uning o‘rniga Xurshid Mirzohidov tayinlangandi. Mirzohidov bu lavozimda yarim yil, 2017 yil avgustiga qadar faoliyat yuritdi.
U 1963 yili Toshkent viloyatida tavallud topgan bo‘lib, 1985 yili Samarqand davlat universitetini fizika o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Xo‘jayev 1985—1993 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan. 1993—1996 yillarda NKK firmasida tizim muhandisi bo‘lib ishlagan.
Alisher Xo‘jayev 1996 yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat yurita boshlagan. Jumladan, 1998 yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998—2001 yillarda esa UzPAK kompaniyasida bosh direktor lavozimida mehnat qilgan.
2001—2002 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2002—2005 yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shundan keyin, 2005 yil 15 aprelidan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga rahbarlik qilishni boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda