“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 9673 ,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. Bu haqda 30 avgust kuni Xalqaro press-klubning “Zamonaviy maxalla: tashabbuslar va kadriyatlar beshigi” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanida ma’lum qilindi.
Anjumanda ta’kidlanishicha, davlat dasturi doirasida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz keksalar, nogironlarning 26 118 nafariga 3 456,4 mln so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. 125 nafar nogiron va chin yetim talabaning o‘quv-shartnoma pullarini to‘lash uchun 497,8 mln. so‘m ajratildi.
Joriy yilgi yozgi ta’til mavsumida mahallalardagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 700 ta oilaning farzandlarini 72 ta so‘lim oromgohda dam oldi. Buning uchun “Mahalla” fondining hududiy bo‘lim va bo‘linmalari hisobidan 600,0 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.
Shuningdek, 698 nafar yolg‘iz keksalar, 812 nafar pensionerlarga oziq-ovqat mahsulotlari, 321 nafar nogironga maxsus aravachalar sovg‘a qilindi, 128 nafar yolg‘iz keksaning tug‘ilgan kunlari nishonlab berildi. 611 nafar keksaning uy-joylari ta’mirlandi. 8710 nafar keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga sayohatlar uyushtirildi.
2017 yil iyun holatiga ko‘ra, 5,5 mln. dan ziyod xonadonlar bilan muloqotlar qilindi. Buning natijasida, 839 ming 900 ta muammo va takliflar aniqlandi. Ularning 421 ming 630 tasi (48,3 %) joyida hal etildi, 418 ming 270 tasi tuman va shahar dasturlariga kiritildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha “Mahalla” fondi tomonidan 1 759 ta fuqarolar yig‘ini mebel jihozlari, 715 tasi kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlanadi. 149 ta fuqarolar yig‘ini joriy ta’mirlanadi. 88 tasi rekonstruksiya qilinib, 72 tasi yangidan qurildi. 129 ta bolalar maydonchasi ta’mirlandi, 213 ta zamonaviy va xavfsiz bolalar maydonchasi namunaviy loyiha asosida qurilib, foydalanishga topshirildi.
“Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 9673 ,8 mlrd. so‘m mablag‘lari sarflandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda