date

Abiturientning o‘rniga imtihonga kirgan talaba ikki yildan so‘ng o‘qishdan chetlashtirildi

Abiturientning o‘rniga imtihonga kirgan talaba ikki yildan so‘ng o‘qishdan chetlashtirildi

Jizzax politexnika institutida o‘qib kelayotgan Ilhom Qurbonov ikki yil muqaddam bir abiturientning o‘rnidan imtihonga kirganligi oshkor bo‘lib, talabalikdan chetlashtirildi. Bu haqda “Huquq” nashriga asoslanib Kun.uz yozmoqda.

Asli qo‘qonlik abiturient Sarvar Ergashev Qurbonovga ma’lum miqdorda pul berib, uning soxta hujjat bilan uning o‘rniga imtihonga kirishiga erishdi. Qurbonov ham testlarni yaxshi topshirib, yuqori ball oldi. Natijada imtihonga kirmagan Ergashev talabalikka qabul qilindi.

Ammo oradan ikki yil o‘tib, bu aldov ochildi. Ularning har ikkisi ham talabalar safidan chiqarildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abiturientning o‘rniga imtihonga kirgan talaba ikki yildan so‘ng o‘qishdan chetlashtirildi