O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya xalqi va o‘z nomidan davlat rahbarini va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 26 yilligi va muborak Qurbon hayiti bilan chin dildan tabrikladi.
O‘zbekiston Prezidenti samimiy tabrik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, barcha musulmonlarning muborak bayrami munosabati bilan Turkiya rahbari va qardosh turk xalqiga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi.
Ikki davlat rahbarlarining 2016 yil noyabr oyida Samarqand shahrida va joriy yil may oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan samarali uchrashuvlari barcha sohalarda o‘zaro munosabatlarning yanada faollashuvida muhim ahamiyat kasb etayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Turli darajadagi aloqalar jadallashgani, o‘zaro ishonchga asoslangan amaliy ruhdagi siyosiy muloqot rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichda rivojlanmoqda.
Bugungi kunda o‘zaro savdo-sotiq hajmi barqaror oshib borayotgani kuzatilmoqda. O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Madaniy-gumanitar hamkorlik ko‘lami sezilarli darajada kengaydi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi aloqalar rivojlanmoqda.
Davlatlar rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli va har tomonlama O‘zbekiston-Turkiya sherikligini chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar